Meta kompaniyasi 2026-yilning birinchi yarim yilligi (H1 2026) bo‘yicha Facebook va Instagram platformalarida kontent moderatsiyasi, blokirovkalar, apellatsiyalar, soxta akkauntlar va spamga qarshi kurash bo‘yicha rasmiy hisobotini e’lon qildi. Quyida media buyerlar va targetologlar uchun eng muhim tahlillar keltirilgan.
1. Umumiy moderatsiya ko‘rsatkichlari
Meta moderatsiya tizimi bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda ishlaydi. 2026-yilning birinchi yarmida:
- Facebook’da: 487 million ta kontent birligi o‘chirildi (2025-yilning 2-yarmiga nisbatan 8.1% kamaygan).
- Instagram’da: 213 million ta kontent birligi o‘chirildi (o‘tgan davrga nisbatan 4.8% kamaygan).
| Davr (Period) | Facebook (O‘chirilgan kontent) | Instagram (O‘chirilgan kontent) |
|---|---|---|
| Q2 2026 | 259 mln | 102 mln |
| Q1 2026 | 228 mln | 111 mln |
| Q4 2025 | 271 mln | 137 mln |
| Q3 2025 | 259 mln | 86.8 mln |
2. Meta qoidalarni qanchalik aniq qo‘llamoqda? (Xato blokirovkalar)
Moderatsiya algoritmlarining aniqlik darajasi ko‘p hollarda 90% atrofida saqlanib qolmoqda. Biroq 2026-yilning 1-choragida (Q1) Facebook’da aniqlik darajasi 85.19% – 87.02% gacha pasaygan (Instagram’da esa 91%+ barqaror bo‘lgan).
2026-yilning birinchi yarmida tizim xatoligi sababli Facebook’da 57.9 – 59.2 million, Instagram’da esa 18.5 – 19.3 million kontent adashib cheklovga uchragan. Instagram’da noto‘g‘ri bloklashlar soni o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kamaygan.
3. Adult (Kattalar uchun) kontent va apellatsiyalar
Meta jinsiy xarakterdagi va taqiqlangan adult-kontentga nisbatan choralarni kuchaytirdi:
- Facebook: 44.4 mln kontentga chora ko‘rildi (+34% o‘sish).
- Instagram: 24.2 mln kontentga chora ko‘rildi (+67% o‘sish).
Ayniqsa, 2026-yilning 2-choragida keskin sakrash kuzatildi: birgina Q2 da Facebook’da 27.8 mln, Instagram’da 16.1 mln adult kontent cheklandi.
Apellatsiyalar va qayta tiklash (Restored) statistikasi:
| Davr | Platforma | Apellatsiya berildi | Qayta tiklandi | Muvaffaqiyat ulushi |
|---|---|---|---|---|
| H1 2026 | 1.32 mln | 229 ming | 17.3% | |
| H1 2026 | 1.89 mln | 266 ming | 14.1% | |
| H2 2025 | 2.09 mln | 989 ming | 47.3% | |
| H2 2025 | 1.49 mln | 316 ming | 21.2% | |
| H1 2025 | 4.90 mln | 3.17 mln | 64.7% | |
| H1 2025 | 3.00 mln | 1.74 mln | 58.0% |
2025-yilda shikoyatlarning 58–64% qismi ijobiy qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 14–17% gacha tushib ketdi. Ya’ni Meta o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishda ancha qat’iy va kamdan-kam hollarda blokni yechmoqda.
4. Soxta (Feyk) akkauntlar
2026-yilning birinchi yarmida Meta Facebook’da 2.02 milliard dona soxta akkauntni blokladi (H2 2025-dagi 1.80 milliarddan ko‘p).
- Akkauntlarning 99.9% qismi Meta sun’iy intellekti va algoritmlari tomonidan avtomatik aniqlangan, insoniy shikoyatlar ulushi esa bor-yo‘g‘i 0.1% ni tashkil etgan.
- Shuningdek, tizim har kuni ro‘yxatdan o‘tishga urinayotgan millionlab feyk akkauntlarni hali yaratilmasidanoq to‘xtatib qolmoqda.
Meta’ning Adversarial Threat Report hisobotida qayd etilishicha, Pokistonda 575 mingta oldindan tayyorlab qo‘yilgan nofaol akkauntlar "zaxirasi" fosh etilgan. Ular keyinchalik firibgarlik va noqonuniy sxemalarda foydalanish uchun saqlab kelingan.
5. Spam bilan kurash
Spam — bu sun’iy ravishda qamrovni oshirish, botlar va ko‘p sonli akkauntlar orqali bir xil kontentni ommalashtirishga urinishdir.
- 2026-yilning 1-yarmida Facebook’da 162.9 mln, Instagram’da esa 97.7 mln spam holatlariga cheklov qo‘yildi.
- Facebook’da o‘chirilgan spam hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 69% ga kamaygan.
💡 Arbitrajchilar va Media Buyerlar uchun amaliy xulosalar
- Apellatsiyalarga ortiqcha umid bog‘lamang: Bloklangan akkaunt yoki reklamalarni apellatsiya orqali qaytarish imkoniyati 4 barobarga qisqardi. Zaxira akkauntlar tizimini yo‘lga qo‘yish lozim.
- Sifatli farm va trust profillarga e’tibor bering: Meta AI algoritmlari feyk akkauntlarni inson shikoyatisiz 99.9% aniqlik bilan tutmoqda. Sifatli farm, trust va ishonchli rezident proksilar ahamiyati har qachongidan yuqori.
- Kreativlarda qat’iy filtrlash: Adult va trigger so‘zlarga ega kreativlar uchun neyrotarmoq tekshiruvi yanada kuchaytirilgan. Oq ro‘yxatdagi domenlar va toza lendlinglar ishlatilishi zarur.